Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 264538
Gallery image 264539
Gallery image 264540
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
12 Okt 2026
17:37

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston Milliy Tiklanish partiyasi a’zosi Joxongir Gulamov tomonidan “Turon” mahallasida fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash hamda mavjud masalalarga amaliy yechim topish maqsadida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning mazmuni atroflicha o‘rganildi. Murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni qonunchilikda belgilangan tartibda hal etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarga yechim topish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, har bir murojaatni e’tiborsiz qoldirmaslik, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish muhimligi ta’kidlandi.

Aholi bilan ochiq muloqot — mavjud muammolarni aniqlash va ularning samarali yechimini topishning muhim omilidir.