Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 264486
Gallery image 264487
Gallery image 264488
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
12 Okt 2026
17:21

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

YANGI DAVR MAHALLASIDA OILAVIY MUHIT HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan tuman Kengashining navbatdagi 36-sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Yangi davr mahallasi xotin-qizlar faoli bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahallada 2026-yilning III choragi davomida oilaviy ajrimlar qayd etilmagani, 4 ta nizoli oila mavjudligi hamda 15 nafar fuqaro himoya orderi olgani aniqlandi.

Suhbat jarayonida oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash, nizoli oilalar bilan manzilli ishlash va oilaviy zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.