Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 264463
Gallery image 264464
Gallery image 264465
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
12 Okt 2026
17:12

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

“BOYOVUT TAJRIBASI” ASOSIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan “Boyovut tajribasi” asosida Oqoltin tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi”ning 4-bandida belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganildi.

Mazkur bandda 320 gektar yer maydonida organik usulda 5 400 tonna sabzavot, kartoshka, meva va uzum mahsulotlari yetishtirishni yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilangan.

O‘rganish davomida bahorgi ekinlar 135 gektar maydonga ekilgani, shundan 65 gektariga kuzgi kartoshka, 10 gektariga esa sabzi ekilgani aniqlandi. Mazkur yo‘nalishda belgilangan vazifalar ijrosi va qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish ishlari holati ko‘zdan kechirildi.