Barcha yangiliklar
🏘️ BOG‘OT TUMANIDA “MAHALLA YETTILIGI” VA FUQAROLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR O‘RGANILDI
Gallery image 264461
Gallery image 264462
RADJAPOVA NIGORA KUTLIMURATOVNA
12 Okt 2026
17:04

🏘️ BOG‘OT TUMANIDA “MAHALLA YETTILIGI” VA FUQAROLAR O‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati N. Razzoqova tomonidan Bog‘ot tumanidagi Madaniyat mahallasida “Mahalla yettiligi” va fuqarolar o‘rtasidagi munosabatlar holati o‘rganildi.

 O‘rganish davomida mahalla mas’ullari va fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlik, aholi bilan muloqotning yo‘lga qo‘yilishi hamda mavjud masalalarni hal etishda o‘zaro hamjihatlikning ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

 Mahallada samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini hal etishda “Mahalla yettiligi” faoliyatini muvofiqlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.