Barcha yangiliklar
Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi
Gallery image 264327
MAXAMMADIYEVA GULMIRA ABDULLAYEVNA
09 Okt 2026
00:00

Aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari o‘rganildi

#24_ta_masala
#Biriktirilgan_tashkilot
Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati N.Murodova deputatga biriktirilgan tuman tashkiloti xodimi bilan hamkorlikda 4-Qo‘rg‘oncha saylov okrugiga qarashli Qo‘rg‘oncha mahallasida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash, ishsiz aholini daromadli mehnat bilan band qilish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, aniqlangan muammolarni bartaraf etish va aholi turmush farovonligini oshirish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari belgilab olindi.