Barcha yangiliklar
XALQ BILAN MULOQOT — MUAMMOLARGA AMALIY YECHIM
Gallery image 264262
Gallery image 264263
Gallery image 264264
Gallery image 264266
Gallery image 264268
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
12 Okt 2026
15:11

XALQ BILAN MULOQOT — MUAMMOLARGA AMALIY YECHIM

XALQ BILAN MULOQOT — MUAMMOLARGA AMALIY YECHIM
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Ergashev Aziz Mamarasulovich tomonidan navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida aholini qiynayotgan noqonuniy qurilishlar, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, uy-joy qurilishi bilan bog‘liq muammolar atroflicha muhokama qilindi.
Fuqarolarga mavjud muammolar yuzasidan zarur tushuntirishlar, amaliy tavsiyalar va tegishli ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalar bo‘yicha qonunchilik talablariga rioya etish hamda muammolarni belgilangan tartibda hal qilish yuzasidan tavsiyalar bildirildi.
Bunday uchrashuvlar aholining huquqiy xabardorligini oshirish, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularni hal etishga ko‘maklashishda muhim ahamiyat kasb etadi.