Barcha yangiliklar
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FUQARONING YASHASH SHAROITI YAXSHILANDI
Gallery image 264000
Gallery image 264001
Gallery image 264002
Gallery image 264003
Gallery image 264004
Gallery image 264005
Gallery image 264006
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
12 Okt 2026
10:58

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN FUQARONING YASHASH SHAROITI YAXSHILANDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi Saidova Shukrona To‘xtayevna tomonidan “Nafosat” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Xusnulina Rimma Sobitovnaning yashash sharoiti avval o‘rganilgan edi.
O‘rganish davomida II guruh nogironi bo‘lgan fuqaro qizi — yolg‘iz ona va ikki nafar voyaga yetmagan nabirasi bilan bir xonali umumiy yotoqxonada yashayotgani, xonadon ta’mirtalab ahvolda ekani hamda zarur maishiy sharoitlar yetarli emasligi aniqlangan edi.
🤝 Deputat tashabbusi bilan xonadonda ta’mirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada oilaning yashash sharoitini yaxshilash, ularga qulayroq muhit yaratish yo‘lida amaliy yordam ko‘rsatildi.
✅ Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — fuqarolar muammolarini joyida o‘rganish, ularning murojaatlariga befarq bo‘lmaslik va aniqlangan masalalar yechimi bo‘yicha amaliy tashabbus ko‘rsatishdir.
Deputat — xalq vakili, uning tashabbusi esa insonlar hayotidagi ijobiy o‘zgarishlarga xizmat qiladi!