Barcha yangiliklar
💐 QO‘SHA QARISH SAODATI — OILAVIY BAXT VA SADOQAT TIMSOLI
Gallery image 263967
Gallery image 263968
Gallery image 263969
Gallery image 263970
Gallery image 263971
Gallery image 263972
Gallery image 263973
Gallery image 263974
Gallery image 263975
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
12 Okt 2026
10:57

💐 QO‘SHA QARISH SAODATI — OILAVIY BAXT VA SADOQAT TIMSOLI

💐 QO‘SHA QARISH SAODATI — OILAVIY BAXT VA SADOQAT TIMSOLI

Paxtakor tumanidagi Mingchinor mahallasi stadionida tuman hokimligi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi, Madaniyat bo‘limi hamda mahalla fuqarolar yig‘inlari hamkorligida “Qo‘sha qarish saodati” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashi deputati, O‘zbekiston Qahramoni A. Eshmatov, Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X. Abduvoxidov, Respublika ishchi guruhi vakili Sh. Maksudov hamda tuman Kengashi ekspert guruhi raisi o‘rinbosari Sh. Normaxammatov ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi uzoq yillar davomida ahil va inoq hayot kechirib kelayotgan oilalarni e’zozlash, keksalarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda yosh avlodga ibrat bo‘ladigan hayotiy tajribalarni targ‘ib etishdan iborat bo‘ldi.