Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi
Gallery image 263933
Gallery image 263934
Gallery image 263935
Gallery image 263936
Gallery image 263937
Gallery image 263938
NOMOZOV SAFARJON IBROHIM O‘G‘LI
07 Okt 2026
00:00

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi

Bugun Sardoba tumani hokimi deputat Ziyadulla Karimov boshchiligida Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Unda tuman Xalq qabulxonasi vakillari, korxona va tashkilot rahbarlari hamda bir guruh fuqarolar o‘z yechimini kutayotgan masalalari bilan ishtirok etishdi.
Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ishga joylashish va moddiy yordam kabi masalalar yuzasidan jami 6 ta murojaat kelib tushdi.
Muammolarning aksariyatiga qabul jarayonida ijobiy yechim topildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, nazoratga olindi.