Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 263883
Gallery image 263884
Gallery image 263885
Gallery image 263886
Gallery image 263887
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
12 Okt 2026
10:04

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
19¹-modda
📑 DOIMIY KOMISSIYA QARORI QABUL QILINDI


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📋 Yig‘ilishda Sherobod tumani soliq inspeksiyasi tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida mahalliy budjet daromadlari rejasining bajarilishi, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning hisoblanishi hamda amalda undirilishi, soliq qarzdorligini qisqartirish va yashirin iqtisodiyotning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

🗣 Mazkur masala yuzasidan Sherobod tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i B.Akramovning hisoboti tinglandi va muhokama qilindi.

✅ Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan masala yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli qarori qabul qilindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube