Barcha yangiliklar
Hashar - elga yarashar
Gallery image 32023
Gallery image 32024
Gallery image 32025
Gallery image 32026
Gallery image 32027
QARSHIYEV MAMURJON DONIYAR O‘G‘LI
14 Mar 2025
15:52

Hashar - elga yarashar

Navro‘z umumxalq bayrami arafasida tumanimizning barcha hududlari, mahallalari, tashkilot va muassasalarida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda. Milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz va qadriyatlarimiz ko‘pchilikni birdamlikka, ahillikka hamda mehr-oqibatga undashi bilan hashar alohida ahamiyatga ega.

Shu boisdan xalqimizda “Hashar – elga yarashar” degan ezgu ibora bor. Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 24-Qulchara okrugidan saylangan deputati G. Xudoyberganova tashabbusi bilan erta tongdan tumanimizdagi 7-DMTT xodimlari hamjihatlikda hashar ishlarida faol qatnashdi. Bog‘cha binosi atrofidagi yerlarga ishlov berilib, gullar ekildi.

Obodonlashtirish maqsadida o‘tkazilayotgan hashar yurtimizni yanada obod va fayzli qilishga xizmat qiluvchi xayrli tadbir vazifasini o‘taydi. Umumxalq xayriya hashari davom etmoqda.