Barcha yangiliklar
#HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLIND  #12_10_2026_yil
Gallery image 263798
Gallery image 263799
Gallery image 263800
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
12 Okt 2026
09:16

#HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLIND #12_10_2026_yil

#HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLIND

#12_10_2026_yil

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov navbatdagi yig‘ilish o‘tkazdi.

Yig‘ilishda Kotibiyatning bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda hafta davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi. Kotibiyat mudiri tomonidan xodimlarga quyidagi yo‘nalishlarda aniq topshiriqlar berildi:

Deputatlik nazorati: saylov okruglarida o‘tkazilayotgan uchrashuvlar va o‘rganishlar samaradorligini tahlil qilish;

Ochiqlikni ta’minlash: Kengash va deputatlar faoliyatini ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.

Yig‘ilish yakunida har bir xodimga o‘z vazifasiga mas’uliyat bilan yondashish, aholi bilan muloqotlarda faol bo‘lish va deputatlarga amaliy ko‘mak berish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Belgilangan vazifalar ijrosi Kengash faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz