Barcha yangiliklar
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
Gallery image 263775
Gallery image 263776
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
12 Okt 2026
09:07

Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi

Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Eshov tomonidan Uyg‘ur MFYda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisining ish faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallada aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash hamda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!