Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 263739
Gallery image 263740
Gallery image 263741
Gallery image 263742
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
12 Okt 2026
08:09

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 SAYLOVCHILAR MUAMMOLARI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov “Boyqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Yuzma-yuz muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari, muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan fikr almashildi. Saylovchilarni qiynab kelayotgan masalalar bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

✅ Uchrashuv davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan bir nechta fuqarolarning muammolari ijobiy hal etildi.

📝 Qolgan murojaatlarni chuqur o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuborish belgilandi.

🎯 Maqsad — xalq bilan muloqotni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va mavjud muammolarga amaliy yechim topish.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube