Barcha yangiliklar

XAITOV AZIMJON ABDUXALILOVICH
10 Okt 2026
14:35
🏥 BEPUL DORI-DARMON BILAN TA’MINLANGANLIK HOLATI O‘RGANILDI
O‘rganishda aholiga bepul berilishi belgilangan dori-darmon vositalari bilan ta’minlanganlik holati, mavjud dori vositalarining saqlanishi hamda ularni aholiga yetkazib berish jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — aholining zarur dori-darmon vositalaridan belgilangan tartibda foydalanish imkoniyatini ta’minlash masalalarini o‘rganishdan iborat.
📌 Aholi salomatligi va tibbiy ta’minot masalalari deputat nazoratida.