Barcha yangiliklar
🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
Gallery image 263653
Gallery image 263654
Gallery image 263655
Gallery image 263656
Gallery image 263657
RADJAPOVA NIGORA KUTLIMURATOVNA
10 Okt 2026
12:56

🏢 “KO‘P KVARTIRALI UYLARNI BOSHQARISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati G. Matmuratova tomonidan Gurlan tumanida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 7-noyabrdagi O‘RQ-581-sonli “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p kvartirali uylarning ichki yo‘laklari, yerto‘lalari, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi hamda yoritish tizimining holatiga e’tibor qaratildi.

Qonunga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni boshqarish aholining yashashi uchun qulay va xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, umumiy mol-mulkni lozim darajada saqlash hamda undan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni qamrab oladi.

Shu nuqtayi nazardan, boshqaruv tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirish, ko‘p kvartirali uylar va ularga tutash hududlarni ozoda saqlash hamda aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.