Barcha yangiliklar
GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 263650
Gallery image 263651
Gallery image 263652
RADJAPOVA NIGORA KUTLIMURATOVNA
10 Okt 2026
12:50

GURLAN TUMANIDA KO‘P QAVATLI UYLAR HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati G. Matmuratova tomonidan Gurlan tumanida boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini o‘rganish hamda ko‘p qavatli uy-joylarda yaratilgan sharoitlarni baholash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

 O‘rganish davomida ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari, uylar atrofidagi hududlarning tozaligi hamda yoritish tizimining holatiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, boshqaruv kompaniyalari tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini baholash masalalari ko‘rib chiqildi.

 Ko‘p qavatli uylarda sanitariya holatini yaxshilash, umumiy foydalanish joylarini ozoda saqlash va hududlarni yetarli darajada yoritish aholi uchun qulay hamda xavfsiz yashash muhitini yaratishda muhim ahamiyatga ega.