Barcha yangiliklar
UYCHIDA XIZMAT KO‘RSATISH VA YO‘L INFRATUZILMASI RIVOJLANTIRILMOQDA
Gallery image 263554
XOLMIRZAYEV XAYRULLO XAMIDULLAYEVICH
10 Okt 2026
11:39

UYCHIDA XIZMAT KO‘RSATISH VA YO‘L INFRATUZILMASI RIVOJLANTIRILMOQDA

UYCHIDA XIZMAT KO‘RSATISH VA YO‘L INFRATUZILMASI RIVOJLANTIRILMOQDA

Uychi tumanida aholi uchun qulay sharoit yaratish, xizmat ko‘rsatish obyektlarini rivojlantirish va yo‘l infratuzilmasini yaxshilash borasida amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Shu kunlarda «Do‘stlik» MFYning «Amir Temur» ko‘chasidagi aholi gavjum hududlarda xizmat ko‘rsatish obyektlarini rivojlantirish, shuningdek, ushbu obyektlarga olib boruvchi yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

Bunyodkorlik ishlari «Namangan Maxsus Inshoot Qurilish» MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Bunday loyihalarning amalga oshirilishi hudud qiyofasini yanada obod qilish, aholiga qulaylik yaratish hamda xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga xizmat qiladi.

Obod ko‘cha — qulay muhit, rivojlangan infratuzilma — aholi farovonligi demakdir.