Barcha yangiliklar

ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
06 Okt 2026
11:28
“Chinor” mahallasi “yettiligi” faoliyati sessiya kun tartibi yuzasidan o‘rganildi
“Chinor” mahallasi “yettiligi” faoliyati sessiya kun tartibi yuzasidan o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyatining tasdiqlangan rejasiga muvofiq, 17-“Chinor” saylov okrugi hududidagi “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Shaxnoza Ergasheva tomonidan navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish jarayoni Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala — mahalla “yettiligi” faoliyati, ularning o‘zaro hamkorligi, aholi muammolarini hal etish hamda hududda amaldagi qonunlar ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirayotgan ishlari holatini atroflicha ko‘rib chiqish va tahlil qilish maqsadida