Barcha yangiliklar
Payariq tumani Choshtepa mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari hamda aholi badnligi masalalari o'rganildi
Gallery image 263519
Gallery image 263520
Gallery image 263521
Gallery image 263522
Gallery image 263523
BEGIMQULOV MUSURMON XOLBUTAYEVICH
24 Sen 2026
11:23

Payariq tumani Choshtepa mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari hamda aholi badnligi masalalari o'rganildi

Payariq tumani Choshtepa mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlari hamda aholi badnligi masalalari o'rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Abdullayev Baxrom Ismoilovich Payariq tumanidagi Choshtepa mahallasida mahalla yettiligi, oqsoqollar, mahalla faollari hamda fuqarolar bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ–298-son qarori ijrosi doirasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” maqomi uchun tanlab olingan Choshtepa mahallasida amalga oshirilayotgan qurilish-bunyodkorlik ishlarining borishi yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilinib, aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglandi.

Bildirilgan murojaat va takliflarni o‘rganish hamda tegishli mas’ullar bilan birgalikda ularning yechimi yuzasidan zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha fikrlar bildirildi.