Barcha yangiliklar

ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
06 Okt 2026
11:23
“Chinor” mahallasida joylashgan 23-sonli maktabda qonunlar ijrosi va hamkorlik holati o‘rganildi
“Chinor” mahallasida joylashgan 23-sonli maktabda qonunlar ijrosi va hamkorlik holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi kotibiyatining tasdiqlangan rejasiga muvofiq, 17-“Chinor” saylov okrugi hududidagi “Chinor” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 23-sonli umumta’lim maktabida Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Shaxnoza Ergasheva tomonidan navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida maktab direktori hamda muassasaga biriktirilgan mas’ul tashkilot vakillari bilan hamkorlikda belgilangan qonun hujjatlari va topshiriqlar ijrosi, ta’lim jarayoniga yaratilgan shart-sharoitlar hamda hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar holati atroflicha ko‘rib chiqildi.