Barcha yangiliklar
Qonunlar ijrosi yuzasidan
Gallery image 263341
Gallery image 263342
Gallery image 263343
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
09 Okt 2026
00:25

Qonunlar ijrosi yuzasidan

Tuman Kengashi raisi Akbarova Shoira O‘ktamovna tomonidan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda tumandagi 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida deputat Shoira Akbarova tomonidan mazkur Qonunning mazmun-mohiyati, xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirishning ahamiyati haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, deputat tomonidan zo‘ravonlik holatlariga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ularning huquqlarini himoya qilish borasida qonunda belgilangan mexanizmlarning ahamiyati alohida ta’kidlandi.