Barcha yangiliklar
DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR TINGLANDI, IMKONIYATLAR TUSHUNTIRILDI
Gallery image 263336
Gallery image 263337
INOMJONOV LAZIZBEK SHAROFJON O‘G‘LI
08 Okt 2026
00:15

DEPUTAT VA YOSHLAR UCHRASHUVI: MUAMMOLAR TINGLANDI, IMKONIYATLAR TUSHUNTIRILDI

Tuman Kengashi deputati D.Ummatov tomonidan Pastki So‘loqli mahallasidagi 50-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar bilan ertalabki yo‘qlama jarayonida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda mavjud muammolarini o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot jarayonida yoshlar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni qiziqtirgan savollarga deputat tomonidan batafsil javoblar berildi. Yoshlarning murojaatlaridan kelib chiqib, ularni qiynayotgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi.
Shu bilan birga, mamlakatimizda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, zamonaviy kasb va mutaxassisliklarni egallashi borasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.