Barcha yangiliklar
Dastur ijrosi deputatlar nazoratida
Gallery image 31933
Gallery image 31934
Gallery image 31935
Gallery image 31936
Gallery image 31937
Gallery image 31938
RAJABOVA GULSHODA SULTONMUROD QIZI
13 Mar 2025
08:23

Dastur ijrosi deputatlar nazoratida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, Oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari”da Toyloq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, mahallalarda ishlab chiqarish loyihalari, mikroiqtisodiy markazlarni (g'ijduvon tajribasi) hamda xonadonlarda kichik ishlab chiqarish sexlarini tashkil etish, xizmatlar sohasini rivojlantirish bo'yicha belgilangan chora-tadbirlar dasturini manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish bo'yicha xalq deputatlari viloyati Kengashi deputati M.Yuldashova, tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Xamrayevlar dasturga kiritilgan loyihalar Qobilov Zikrillo tomonidan tashkil etilgan "Avtotex xizmat", Amonov Xusen tomonidan tashkil etilgan "Umumiy ovqatlanish" shaxobchasi, Habibov Fayzi tomonidan tashkil etilishi lozim bo'lgan "Kompyuter xizmatlari" faoliyatini tashkil etish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar holati bilan tanishishdi.