Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 263275
Gallery image 263276
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
09 Okt 2026
19:44

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Deputatlik so‘rovi yuborildi

🗣 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-“Mehnatobod” saylov okrugi deputati S. Irisovga “Mehnatobod” mahallasi aholisi tomonidan og‘zaki murojaat kelib tushdi.

Murojaatda mahalladagi suv taqsimlash inshootiga keluvchi ichimlik suvi quvuri yorilganligi sababli suv sizib chiqayotgani va ichimlik suvi behuda isrof bo‘layotgani bildirildi.

💧 Mazkur muammoni bartaraf etish, suv quvurini tekshirish va ta’mirlash hamda ichimlik suvi isrofgarchiligining oldini olish maqsadida “Surxondaryosuvta’minoti” MChJ Sherobod tumani filialiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube