Barcha yangiliklar



KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
09 Okt 2026
19:42
YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
O‘rganish davomida mahalla yoshlar yetakchisining faoliyati, yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularning muammolarini hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Mahallada jami 882 nafar yosh istiqomat qiladi. Jumladan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan 2 nafar yoshning ta’lim kontrakti to‘lab berilgan, yana 1 nafar yoshga haydovchilik guvohnomasini olish xarajatlari uchun moddiy yordam ko‘rsatilgan.
Ayni paytda ishsiz yoshlarni aniqlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish va daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish maqsadida xatlov ishlari olib borilmoqda.