Barcha yangiliklar
MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 263195
Gallery image 263196
Gallery image 263197
JABBOROVA GULZODA YUSUFOVNA
09 Okt 2026
18:19

MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA VA KAM DAROMADLI OILALAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S. Bozorova Karmana tumani Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova bilan hamkorlikda tumandagi Ko‘hnaqo‘rg‘on mahallasida bo‘ldi.

Tashrif davomida mahallada faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish faoliyati, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kam daromadli oilalar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish jarayonida ehtiyojmand oilalarning ijtimoiy holatini o‘rganish, ularning muammolarini aniqlash, zarur yordam ko‘rsatish hamda oilalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, ularning muammolariga yechim topish va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirishda hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Bunday o‘rganishlar aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, kam daromadli oilalar bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etishga xizmat qiladi.