Barcha yangiliklar
42-MAKTAB HUDUDIDAGI OSHXONA VA SAVDO SHOXOBCHASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 263031
Gallery image 263032
Gallery image 263033
Gallery image 263034
Gallery image 263035
Gallery image 263036
Gallery image 263037
RAXIMJONOV ULUG‘BEK SOTVOLDI O‘G‘LI
07 Okt 2026
00:00

42-MAKTAB HUDUDIDAGI OSHXONA VA SAVDO SHOXOBCHASI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “23-Qorako‘l” saylov okrugi deputati Sh.Xoldarov, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi U.Raximjonovlar tomonidan 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida joylashgan oshxona hamda savdo do‘koni faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida oshxonada o‘quvchilarga ovqat tayyorlash va xizmat ko‘rsatish sharoitlari, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi, oshxona jihozlari va ish jarayonining tashkil etilishi ko‘zdan kechirildi.

🛒 Shuningdek, maktab hududidagi savdo do‘konida o‘quvchilarga sotilayotgan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar turi, ularning saqlanish holati, savdo shoxobchasining tozaligi hamda sanitariya talablariga rioya etilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

💬 Mas’ullar va xodimlar bilan suhbat davomida mavjud muammolar, o‘quvchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati hamda savdo jarayonini yanada tartibli tashkil etish yuzasidan fikrlar almashildi.

📌 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, oshxona va savdo do‘konida sanitariya-gigiyena talablariga qat’iy rioya qilish, o‘quvchilar uchun sifatli, xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.