Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 262927
Gallery image 262928
Gallery image 262929
Gallery image 262930
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
09 Okt 2026
16:49

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

DUAL TA’LIM OLAYOTGAN YOSHLAR FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev tomonidan “Bobur qishloq” MChJ fermer xo‘jaligida dual ta’lim asosida tahsil olish bilan birga mehnat faoliyatini olib borayotgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yoshlarning ish faoliyati, kasbiy ko‘nikmalarni egallash jarayoni hamda nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatlari bilan tanishildi. Shuningdek, yoshlar bilan suhbatlashilib, ularning mehnat faoliyati va ta’lim jarayoniga oid fikr-mulohazalari tinglandi.

Dual ta’lim tizimi yoshlarning kasb-hunar egallashi, amaliy tajriba orttirishi va kelgusida munosib ish o‘rniga ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.