Barcha yangiliklar
Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi
Gallery image 262916
Gallery image 262917
Gallery image 262918
Gallery image 262919
ABDUNAZAROV ULUG‘BEK KARIMOVICH
09 Okt 2026
16:45

Ijtimoiy xodim faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 19-“Madaniyat” okrugi deputati O‘zXDP a’zosi A.Tuychiyevga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan “Madaniyat” mahallasidagi Ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi. Ijtimoiy xodim X.Djumayeva tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining ehtiyojmand qatlamlariga yordamlar ko‘rsatib kelinmoqda. Mahallada 14 nafar fuqarolar “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan, 22 nafar nogironligi bor fuqarolar xolidan xabar olingan. Mahalladagi fuqarolar bilan gaplashilganda “Shaxmatchi”, “Zakovat” ko‘chalardagi ichimlik suv quduqlari ustidagi qopqoqlari mavjud emasligi, turli xil beton qoplamalari bilan to‘silganligi, ko‘chalarga yotqizilgan kanalizatsiya joylari asfalt qilinmaganligidan noroziliklarini bildirdilar. Ushbu muammlarni hal etish yuzasidan deputatlik so‘rovi bilan chiqilishi tushuntirildi.