Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 262899
Gallery image 262900
Gallery image 262901
Gallery image 262902
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
09 Okt 2026
16:45

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

TEXNIKUMDA OLIB BORILAYOTGAN QURILISH ISHLARI KO‘ZDAN KECHIRILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan Saxovat mahallasidagi 6-Ravonlik saylov okrugi hududida joylashgan Oqoltin tuman 3-sonli texnikumida o‘quvchilar uchun zamonaviy ta’lim olish sharoitlarini yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qurilish ishlarini sifatli amalga oshirish, belgilangan talablar asosida yakunlash hamda o‘quvchilar uchun munosib ta’lim muhitini yaratish muhimligi ta’kidlandi.