Barcha yangiliklar
YAKKA-YOLG‘IZ KEKSALAR VA IJTIMOIY EHTIYOJMAND OILALARGA KO‘RSATILAYOTGAN YORDAMLAR O‘RGANILDI
Gallery image 262879
Gallery image 262880
Gallery image 262881
AZIZOV BAXODIR BOTIROVICH
09 Okt 2026
16:41

YAKKA-YOLG‘IZ KEKSALAR VA IJTIMOIY EHTIYOJMAND OILALARGA KO‘RSATILAYOTGAN YORDAMLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Arnasoy tuman Kengashi deputati I. Avalboyev tomonidan Ozbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi "Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida"gi qonun ijrosi yuzasidan o‘z saylov okrugida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami xususan, yakka-yolg‘iz keksalar holidan habar olindi.

O‘rganishlar davomida fuqarolarning yashash sharoitlari, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordam va xizmatlar, shuningdek, mavjud ehtiyoj va muammolarga e’tibor qaratildi. Ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar holatini tizimli o‘rganish, ularning ehtiyojlarini aniqlash hamda zarur yordamni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yakka-yolg‘iz keksalar va ijtimoiy ehtiyojmand oilalarning murojaatlarini o‘rganish, ularni qiynayotgan masalalarni aniqlash hamda vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish muhimligi qayd etildi.

 Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va ko‘rsatilayotgan yordamlarning manzilliligini o‘rganish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.