Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 262817
Gallery image 262818
Gallery image 262819
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
09 Okt 2026
16:20

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA AHOLI DAROMADINI OSHIRISH MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan Obod mahallasi hokim yordamchisi bilan hamkorlikda kambag‘al oilalar reyestrida turuvchi fuqarolarning daromadlarini oshirish hamda ularni tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida oilalarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish, ularni daromadli mehnat bilan band qilish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yanada samarali tashkil etish, fuqarolarning bandligini ta’minlash va barqaror daromad manbalarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.