Barcha yangiliklar
AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI BO‘YICHA TAKLIFLAR O‘RGANILDI
Gallery image 262715
Gallery image 262716
Gallery image 262717
Gallery image 262718
RADJAPOVA NIGORA KUTLIMURATOVNA
09 Okt 2026
15:35

AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI BO‘YICHA TAKLIFLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati S.Erjanova hamda Xalq deputatlari Urganch tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan “Arboblar” mahallasida joylashgan tuman Axborot-resurs markazining binosini rekonstruksiya qilish hamda markaz uchun qo‘shimcha bino qurish bo‘yicha takliflar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida markazning mavjud binosi holati, qo‘shimcha bino qurish imkoniyatlari hamda bu boradagi takliflar ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.