Barcha yangiliklar
“Tabiat uchun birlashaylik!” — yoshlar bilan ekologik muloqot
Gallery image 262642
Gallery image 262643
Gallery image 262644
Gallery image 262645
Gallery image 262646
Gallery image 262647
Gallery image 262648
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
09 Okt 2026
14:59

“Tabiat uchun birlashaylik!” — yoshlar bilan ekologik muloqot

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati N.Shomatov hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov tomonidan Qo‘qon universiteti talabalari bilan ekologik madaniyatni yuksaltirish mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvning asosiy maqsadi yoshlarda ekologik bilim va madaniyatni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilishga bo‘lgan mas’uliyatni kuchaytirish hamda tabiatni asrash borasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida deputat N.Shomatov talabalarga “Tabiat uchun birlashaylik!” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzada tabiatni asrash, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarning oldini olishda har bir insonning o‘rni muhim ekanligi ta’kidlandi.

Shuningdek, ekologik madaniyatni kundalik hayotda namoyon etish, hududlarni toza saqlash, chiqindilarni belgilangan joylarga tashlash, yashil hududlarni asrab-avaylash va tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kabi masalalarga e’tibor qaratildi. Bunday odatlarni yoshlar orasida keng targ‘ib qilish orqali atrof-muhitni muhofaza qilish ishlariga munosib hissa qo‘shish mumkinligi qayd etildi.

Ochiq muloqot davomida talabalar bilan ekologik muammolar yuzasidan fikr almashildi. Deputat N.Shomatov yoshlarning ushbu mavzudagi qarashlari, taklif va tashabbuslari bilan qiziqdi. Talabalarning fikrlarini tinglash orqali ekologik masalalarga yoshlar nigohi bilan yondashish va ularning tabiatni muhofaza qilish borasidagi faolligini oshirish muhimligi e’tirof etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi