Barcha yangiliklar
Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi
Gallery image 262619
Gallery image 262620
Gallery image 262621
Gallery image 262622
Gallery image 262623
Gallery image 262624
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
09 Okt 2026
14:55

Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risidagi Qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi Kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan Qo‘qon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 30-sentabrdagi O‘RQ-226-sonli “Yong‘in xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida bo‘lim faoliyatida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish, favqulodda vaziyatlarda tezkor harakat qilishga tayyorgarlik hamda belgilangan xavfsizlik talablariga rioya etish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yong‘in xavfsizligi sohasida profilaktik tadbirlarni tashkil etish, aholi o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borish va favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — qonun ijrosini ta’minlash, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik ishlar samaradorligini oshirish hamda aholi va hududlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar holatini ko‘zdan kechirishdan iborat.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi