Barcha yangiliklar
ILK RIVOJLANTIRISH MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 262541
Gallery image 262542
Gallery image 262543
Gallery image 262544
Gallery image 262545
Gallery image 262546
Gallery image 262547
Gallery image 262548
Gallery image 262549
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
09 Okt 2026
13:18

ILK RIVOJLANTIRISH MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

 ILK RIVOJLANTIRISH MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI

📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida hamda 28-«Chimboy» saylov okrugi deputati Ma’rufjon Mirzamaxmudov ishtirokida Olmazor tumanidagi 224-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan Ilk rivojlantirish markazi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🔹 O‘rganish davomida markazda ta’lim-tarbiya olayotgan bolajonlar bilan samimiy suhbat o‘tkazildi. Shuningdek, bolalarning mashg‘ulotlardagi ishtiroki, rivojlanishi hamda ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishildi.

🔹 Markaz mutaxassislarining faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish usullari va bolalarning ilk rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi.

✨ Uchrashuvda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi
B.Xoliqjonova va maktab ma'muriyati hamda Ilk rivojlantirish markazi mutaxassislari ishtirok etdi.

✅ Asosiy maqsad — bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rganish, mavjud masalalarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!