Barcha yangiliklar
Deputatlar mahallalarda aholi muammolarini o‘rgandi
Gallery image 31811
ERGASHEVA SHAXNOZA ABDURAXMONOVNA
12 Mar 2025
00:00

Deputatlar mahallalarda aholi muammolarini o‘rgandi

"Do'stlik" mahalla fuqarolar yig‘inida xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputati Safargul Rajabova aholi bilan ochiq muloqot va qabul o‘tkazdi. Uchrashuvda mahalla faollari, nuroniylar va turli soha vakillari ishtirok etishdi.

Fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar – infratuzilma, mahalla obodonchiligi, bandlik, yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar va ijtimoiy muammolar bo‘yicha fikr-mulohazalarini bildirishdi. Shuningdek, ayrim fuqarolar shaxsiy masalalari yuzasidan ham murojaat qilishdi.

Deputat Safargul Rajabova har bir masala yuzasidan batafsil fikr bildirdi, ko‘tarilgan savollarga javob berdi va muammolar yechimi uchun tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishini ta’kidladi.