Barcha yangiliklar
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Gallery image 262366
Gallery image 262367
Gallery image 262368
Gallery image 262369
Gallery image 262370
Gallery image 262371
Gallery image 262372
Gallery image 262373
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
09 Okt 2026
11:44

#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #savolnoma_asosida #24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 4-“Gulobod” saylov okrugida deputatlik o‘rni bo‘sh (vakant) bo‘lganligi sababli, ushbu hudud aholisining murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida mas’ullar biriktirildi.

Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Gulobod” mahallasida joylashgan 9-sonli umumta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida ishchi guruh tomonidan taʼlim muassasasining:
Isitish tizimi va qozonxonalar holati;
Qishki yoqilg‘i zaxirasining yetarliligi;
Mavsumga tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan boshqa ishlar joyida ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini talab darajasida o‘tkazish yuzasidan taʼlim muassasasi mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz