Barcha yangiliklar
“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi
Gallery image 262260
Gallery image 262261
Gallery image 262262
Gallery image 262263
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
08 Okt 2026
00:00

“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi

#Madad_NNT_bilan_hamkorlik #Kengash_raisi_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi

“Madad” NNT faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi J.Xudoyqulova tuman Davlat xizmatlari markazida faoliyat yuritayotgan “Madad” muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida tashkilot tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak, murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish, shuningdek, fuqarolarga zarur huquqiy tushuntirishlar berish jarayonlari bilan tanishildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar bevosita tinglanib, ularda ko‘tarilgan masalalarning mazmuni, mavjud muammolar hamda ularni qonunchilik doirasida hal etish imkoniyatlari muhokama qilindi.

O‘rganish jarayonida murojaatlarni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqish, fuqarolarga huquqiy tushuntirish berish bilan bir qatorda, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatish sifatini yaxshilash bo‘yicha kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram