Barcha yangiliklar
13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Gallery image 262236
Gallery image 262237
Gallery image 262238
Gallery image 262239
Gallery image 262240
Gallery image 262241
Gallery image 262242
Gallery image 262243
Gallery image 262244
MAMARAJABOV ABDULAZIZ ABDULLA O‘G‘LI
08 Okt 2026
00:00

13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

#Doimiy_komissiya_faoliyati #162_ta_Qonun_ijrosi #kotibiyat_mudiri_faoliyati #Haftalik_ish_reja_ijrosi #nazorat_tahlil #deputat_faoliyati #kuz_qishga_tayyorgarlik

13-MTTda qonun ijrosi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 9-Gilambob saylov okrugida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

Tuman Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda Kengashning Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi B.Ochildiyev tomonidan “Gilambob” mahallasida joylashgan 13-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ-595-son, 16.12.2019-yil) ijrosini ta’minlash holati bo‘yicha tayyorlangan maxsus savolnoma asosida tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

Jumladan, maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta’lim-tarbiya berish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tarbiyalanuvchilar xavfsizligi, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, mavjud moddiy-texnik baza hamda qonun talablarining amalda bajarilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, muassasaning 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati ham ko‘zdan kechirildi. Bunda binoning isitish tizimi, mavjud jihozlarning holati, mavsumni betalofat o‘tkazish uchun zarur shart-sharoitlarning yaratilgani hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish masalalari o‘rganildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ularning ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib borilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram