Barcha yangiliklar
OLTINKO‘L MAHALLASINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH ISHLARI BOSHLANDI
Gallery image 262204
Gallery image 262205
Gallery image 262206
Gallery image 262207
Gallery image 262208
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
09 Okt 2026
09:26

OLTINKO‘L MAHALLASINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH ISHLARI BOSHLANDI

#deputat_faoliyati
#deputat_nazorati

OLTINKO‘L MAHALLASINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH ISHLARI BOSHLANDI

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati K.Mamanova tomonidan “og‘ir mahalla” toifasiga kiritilgan Oltinko‘l mahallasini kompleks rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

PQ–49-son qarori hamda Jizzax viloyati Kengashining VII-26-76-3-0-K/26-son qarori asosida ishlab chiqilgan manzilli strategiyaga muvofiq, mahallani rivojlantirish uchun 3 milliard so‘m mablag‘ ajratilgan.

Belgilangan vazifalar doirasida mahalladagi 2,34 km ichki yo‘llarni asfaltlashtirish ishlari amalga oshirilgan. Shuningdek, 10,7 km irrigatsiya tarmog‘ini barpo etish uchun zarur lotoklar olib kelingan va ushbu yo‘nalishdagi ishlar boshlangan.

Deputat tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi hamda belgilangan vazifalar ijrosi deputatlik nazorati doirasida kuzatib boriladi.