Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI
Gallery image 31792
TEMIROV AZIZBEK O‘KTAM O‘G‘LI
13 Mar 2025
09:27

XALQ DEPUTATLARI TERMIZ SHAHAR KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasiga muvofiq mahallalarda aholi va deputatlar uchrashuvlari o‘tkazilmoqda

Fuqarolar muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida xalq deputatlari shahar Kengashi deputati M.Sidiqova Termiz shahar “Kokildorota” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Yuzma-yuz muloqot chog‘ida deputat tomonidan fuqarolarga keyingi yillarda mamlakatimizda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, qabul qilinayotgan yangi qonunlar, yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan ularning qiynab kelayotgan muammo va takliflari tinglanib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi bilan chiqish belgilandi.