Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI
Gallery image 262144
Gallery image 262145
Gallery image 262146
Gallery image 262147
Gallery image 262148
Gallery image 262149
Gallery image 262150
Gallery image 262151
XAYDAROV TULQINJON DILSHOD O‘G‘LI
09 Okt 2026
08:47

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi 6-Tog‘ saylov okrugi deputati, tuman hokimi Uchqun Yelmuratov tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

🔺 Qabul davomida fuqarolarning bandlik, tibbiy ko‘mak, kundalik hayotdagi muammolari hamda boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati bilan bog‘liq murojaatlari tinglandi.

Jumladan, murojaatlarda:
🔹 ish bilan ta’minlash va kasb-hunarga o‘qitish;
🔹 davolanish uchun tibbiy yordam ko‘rsatish;
🔹 boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyati bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
🔺 Murojaatlarning har biri bo‘yicha mas’ul mutasaddilarga tegishli vazifalar belgilab berildi.
🔺 Ish izlayotgan fuqarolarga tumandagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berilib, kasb-hunarga o‘qitish va ishga joylashtirish imkoniyatlari tushuntirildi.
🔺 Aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy muammolarini hal etish maqsadida manzilli ishlar davom ettirilmoqda.
🔺 Xususan, fuqarolarni ish bilan ta’minlash va kasb-hunarga o‘qitish, davolanishlari uchun tibbiy yordam ko‘rsatish, shuningdek, boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati yuzasidan amaliy ko‘mak berish choralari ko‘rilmoqda.

Bunday chora-tadbirlar aholi bandligini ta’minlash, oilalar farovonligini oshirish va fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.