Barcha yangiliklar
BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHIM KO‘RSATKICHLAR QAYD ETILDI
Gallery image 262088
Gallery image 262089
Gallery image 262090
Gallery image 262091
Gallery image 262092
Gallery image 262093
Gallery image 262094
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
08 Okt 2026
20:27

BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHIM KO‘RSATKICHLAR QAYD ETILDI

#Kengash_sessiyasi #bandlik_masalasi

BANDLIK VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA MUHIM KO‘RSATKICHLAR QAYD ETILDI

📇 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi sessiyasida Uchtepa tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Fazliddin Taxirovning “Uchtepa tumanida aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish borasida 2026-yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi hisoboti eshitildi.

💹 Hisobotda qayd etilishicha, 2026-yilning 9 oyi davomida 1 974 nafar fuqaro bandlik bo‘limiga murojaat qilgan bo‘lib, 1 005 nafari doimiy ishga joylashtirilgan, 967 nafari kasb-hunarga yo‘naltirilgan. Mehnat migratsiyasidan qaytgan 2 850 nafar fuqaroning 1 580 nafarining bandligi ta’minlangan.

🗂 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori doirasida 5 159 nafar fuqaroning daromadi oshirilgan, bu boradagi belgilangan reja 102 foizga bajarilgan.

⏫️ Kambag‘al oilalardan 9 617 nafar aholiga daromadini oshirish va kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan xizmatlar ko‘rsatilib, reja 174 foizga bajarilgan. Natijada 2 238 nafar fuqaro tadbirkorlikka jalb etilgan, 352 nafari doimiy ishga joylashtirilgan. Eng muhim natijalardan biri — tumanda kambag‘allik darajasi 2026-yil 1-yanvardagi 3,8 foizdan 1-oktabr holatiga 1,8 foizgacha kamaygan.

🧠 Mazkur ko‘rsatkichlar tuman miqyosida aholi bandligini ta’minlash, daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijasini ko‘rsatadi.