Barcha yangiliklar
Deputatlik nazoratidagi masala ijobiy hal etildi
Gallery image 262032
Gallery image 262033
Gallery image 262034
Gallery image 262035
Gallery image 262036
Gallery image 262037
Gallery image 262038
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
08 Okt 2026
19:47

Deputatlik nazoratidagi masala ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “G‘alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilgan ko‘cha o‘rganishlari davomida hududdagi Rudakiy ko‘chasining ta’mirtalab holatda ekani aniqlangan edi.

Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan tegishli mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilib, ko‘chani ta’mirlash masalasi deputatlik nazoratiga olindi.

Olib borilgan amaliy ishlar natijasida mazkur masala ijobiy yechim topib, Rudakiy ko‘chasida asfaltlash ishlari boshlandi.

️Ta’mirlash ishlarining borishi va sifatini o‘rganish maqsadida deputat M.Axmedova hududga tashrif buyurib, amalga oshirilayotgan asfaltlash ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Deputat tomonidan yo‘l ta’mirlash ishlarining belgilangan talablar asosida sifatli amalga oshirilishi hamda hudud aholisi uchun qulay sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi