Barcha yangiliklar
Ijtimoiy reyestrdagi xonadon holati o‘rganildi
Gallery image 262018
Gallery image 262019
Gallery image 262020
Gallery image 262021
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
08 Okt 2026
19:43

Ijtimoiy reyestrdagi xonadon holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “G‘alchasoy” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan aholi xonadonlarida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida Istirohat ko‘chasi 4-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro G.Radjabova xonadoniga tashrif buyurilib, oilaning ijtimoiy sharoiti va mavjud ehtiyojlari o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro II guruh nogironi bo‘lib, oilasiga moddiy yordam ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan vaucher ajratilib, undan oziq-ovqat va kiyim-kechak xarid qilish uchun foydalanilgan.

Bundan tashqari, fuqaroning uy-joy sharoitini yaxshilash maqsadida “Ayollar daftari” orqali 20 million 600 ming so‘mlik qurilish materiallari olib berilib, uy ta’mirini amalga oshirish uchun amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi