Barcha yangiliklar
Navro‘z mahallasidagi elektr ta’minoti bo‘yicha murojaat ijobiy yechim topadigan bo‘ldi
Gallery image 261872
Gallery image 261873
Gallery image 261874
Gallery image 261875
Gallery image 261876
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
08 Okt 2026
18:26

Navro‘z mahallasidagi elektr ta’minoti bo‘yicha murojaat ijobiy yechim topadigan bo‘ldi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashiga Navro‘z mahallasining Ibrat ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolar nomidan elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaat kelib tushdi.

Murojaat yuzasidan Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov, 17-Navro‘z saylov okrugi deputati M.Mirzayev hamda Navro‘z mahallasi raisi I.Xadiyatullayev murojaatchilar bilan suhbat o‘tkazib, ko‘tarilgan masalaning mazmuni va fuqarolarni qiynayotgan holatni atroflicha o‘rgandilar.

Masalaning amaliy yechimini aniqlash maqsadida Marg‘ilon shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbari bilan bog‘lanildi. Murojaatda ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli tartib va amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Muloqot va o‘rganishlar yakunida murojaatda ko‘tarilgan masalani hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilishi hamda muammo ijobiy yechim topishi ma’lum qilindi.

Fuqarolar murojaatlarining mazmunini chuqur o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularning yechimini ta’minlash va murojaatchilarga qonunchilik doirasida aniq tushuntirish berish Kengashning deputatlik nazorati faoliyatidagi muhim yo‘nalishlardan biridir.