Barcha yangiliklar
#Ish_rejasiga_asosan #24_ta_masala #Deputatlik_nazorati
Gallery image 261827
Gallery image 261828
Gallery image 261829
Gallery image 261830
Gallery image 261831
Gallery image 261832
Gallery image 261833
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
08 Okt 2026
18:15

#Ish_rejasiga_asosan #24_ta_masala #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 4-“Gulobod” saylov okrugida deputatlik o‘rni bo‘sh (vakant) bo‘lganligi sababli, ushbu hudud aholisining murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish maqsadida mas’ul vakillar biriktirilgan.

Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputat, Kengash kotibiyati mudiri Musurmon Xujanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar tomonidan “Gulobod” mahallasida joylashgan 53-sonli umumta’lim maktabi kutubxonasida o‘rganish va nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Mas’ullar maktab kutubxonasidagi kitob fondining saqlanishi, o‘quvchilarning kitobxonlik kartochkalari va hisobot hujjatlarining yuritilishi holatini atrofli ko‘zdan kechirishdi.

O‘rganish yakunida maktab ma’muriyati va kutubxona mas’ullariga o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, kitob fondini boyitish va sohadagi hujjatlar yuritilishini tartibga solish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz