Barcha yangiliklar
Xonadonlarda chorvachilik rivojlantirilmoqda
Gallery image 261695
Gallery image 261696
Gallery image 261697
Gallery image 261698
Gallery image 261699
Gallery image 261700
Gallery image 261701
Gallery image 261702
AMANOV SIROJIDDIN KARIMOVICH
25 Sen 2026
17:07

Xonadonlarda chorvachilik rivojlantirilmoqda

O‘rganish davomida mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro Yo‘ldoshev Yusufning xonadonida chorvachilik yo‘nalishida olib borayotgan faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor xonadonida 100 bosh chorva molini parvarish qilmoqda. Yetishtirilayotgan chorva mahsulotlari, xususan, go‘sht mahsulotlari aholi ehtiyojini ta’minlash va ichki bozorga yetkazib berishga yo‘naltirilmoqda.

Suhbat davomida Yo‘ldoshev Yusuf chorvachilik faoliyatini yanada kengaytirish, xorijiy davlatlardan naslli chorva mollarini olib kelish, zotdor chorva bosh sonini ko‘paytirish hamda yangi ish o‘rinlari yaratish rejalarini ma’lum qildi.

Ayni paytda tadbirkorning rejalarini amalga oshirish maqsadida “Agrobank”ning tuman bo‘limi hamda “Umid nihollari” mahallasidagi hokim yordamchisi bilan hamkorlikda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun imtiyozli kredit olish masalasi bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda.

📌 Chorvachilikni rivojlantirish, xonadonlarning daromad manbalarini kengaytirish va yangi ish o‘rinlari yaratish — mahallalarda aholi bandligini ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biridir.